Nukusda 55 metr balandlikda davlat bayroqlari o‘rnatiladi

11:17 17 Iyul 2018 Jamiyat
290 0
Foto: M. Habibullayev

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayrami oldidan Nukus shahrida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat bayroqlari o‘rnatiladi. Bu haqda Kruz.uz sayti xabar tarqatdi.

Nukus shahrining eng fayzli maskanlaridan biri bo‘lmish Ajiniyoz shoir haykali yonida 55 metr balandlikda qad ko‘taradigan, o‘lchami 9x6 metrga teng O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat bayroqlari xalqimiz uchun ajoyib bayram sovg‘asi bo‘lishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda bu bayroqlar Toshkent shahrida ishlanmoqda. Qurilish ishlari mustaqillik bayrami arafasida yakunlanishi kutilmoqda.

Foto: M. Habibullayev

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?