Nukus shahriga kirish belgisi — “Stella” qurilmoqda

10:36 11 Sentyabr 2020 Jamiyat
121 0

2020-yil Nukus shahrining qurilish dasturiga asosan A-380 «Gʻuzor- Buxoro-Nukus-Beyneoʻ» avtomobil yoʻlining 765-kilometridagi «Klevr» koʻprigida landshaft dizayn uslubidagi shaharga kirish belgisi — «Stella» qurilmoqda.

— Mazkur koʻprik atrofi «Qoraqalpoqyoʻlkoʻkalam» korxonasi tomonidan koʻkalamzorlashtirilmoqda, «Majivinik», “Sharq uyasi”, “Tut”, “Yasin” koʻchatlari oʻtqazildi, — deydi «Qoraqalpoqyoʻlkoʻkalam» korxonasi direktori oʻrinbosari Janabay Bekbayev. — Gollandiyadan keltirilgan kalinalar mahalliy sharoitga moslashtirilayotir. Shaharga kiruvchi maxsus belgining qurilish ishlari deyarli yakunlanish arafasida.

Nukus shahrining tashkil etilganiga 80 yildan oshiq vaqt boʻldi. Yangilangan poytaxt ostonasidagi ushbu belgi ajoyib manzaraga ega boʻladi, deb ishonamiz.

Qumar Begniyazova
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?