Nukus davlat pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi

19:10 25 Iyul 2018 Jamiyat
278 0
Foto: uza.uz

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga Utemuratov Bayram Perdebayevich rektor lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Bayram Utemuratov shu kunga qadar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent sanaladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?