Noyabrdan Oʻzbekistonda “Jaloliddin Xorazmshoh” filmini suratga olish boshlanadi

14:12 03 Oktyabr 2019 Jamiyat
92 0

“Dirilish Ertugʻrul” serialining prodyusseri Mehmet Boʻzdogʻ “Jaloliddin Xorazmshoh“ filmini kelgusi oyda suratga olishni boshlaydi.

Bu haqida “Oʻzbekkino“ milliy agentligi axborot xizmati turk nashrlari tarqatgan xabarlarga tayanib, maʼlum qildi.

Unga koʻra Mehmet Boʻzdogʻ ushbu yangi loyiha dunyoga katta ovoz olib kelishini, bu serial turk-oʻzbek doʻstligi mahsuli boʻlib, katta bir loyihalardan biri ekanini va Oʻzbekistonning dunyoga tanilishi uchun katta vazifani bajarishini taʼkidlab oʻtdi.

Loyihada taxminan ming kishi ishtirok etadi. Oʻzbekistonda va Turkiyada suratga olinadigan film 13 qismdan iborat boʻlib, har bir boʻlim 1 soatni oʻz ichiga oladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?