Noyabr oyining oxirida Toshkentda xalqaro kinofestival boʻlib oʻtadi

11:09 11 Oktyabr 2018 Madaniyat
348 0

27-30 noyabr kunlari Toshkent shahrida “PROlogue” xalqaro kinofestivali boʻlib oʻtadi.

Ilk bor Xalqaro maqomda oʻtkazilayotgan mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi kabi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etiladi.

Festival tanlov dasturi:

– Toʻliq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;

– Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;

– Qisqa metrajli badiiy milliy filmlar tanlovidan iborat.

Festival doirasida, konferensiyalar, master-klasslar, brifing, kino sohasiga bogʻliq davra suhbatlari varetro filmlar namoyishi boʻlib oʻtishi koʻzda tutilmoqda.

Xalqaro jyuri tomonidan eng zoʻr deb topilgan film kinofestival Gran-Prisiga sazovor boʻladi. Shuningdek, festivalda boshqa nominatsialar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanadi.

Shu bilan birga, Festival direksiyasi oʻzbek va xalqaro kinoning rivojlanishiga oʻz xissasini qoʻshgan ijodkorlarni sovrinlar bilan taqdirlashni ham rejalashtirib qoʻygan.

Kinofestivalda ishtirok etish uchun talabnomalarni 2018 yilning 27 oktyabrigacha www.prologuefilmfestival.com saytida koʻrsatilgan talablar boʻyicha topshirish imkoniyati mavjud.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?