Noyabr oyida narx-navo qanchaga oshdi?

2019-yilning noyabrida isteʼmol narxlari darajasining oy davomidagi oʻrtacha oʻsish surʼati 1,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi axborotida maʼlum qilingan.
2019-yil boshidan isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 13,3 foizga qimmatlashdi. 2018-yilning noyabr oyiga nisbatan respublika isteʼmol sektoridagi oʻrtacha narxlar darajasi 15,6 foizga oshgan.
Taqqoslash uchun: 2018-yilning noyabrida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida oʻrtacha 2,3 foizga, 2017-yilning dekabr oyiga nisbatan 12,0 foizga, 2017-yilning noyabriga nisbatan esa 16,5 foizga qimmatlashgan.
Oʻrtacha oylik narx indekslari oʻsish surʼatining hisoblanish tartibiga koʻra, 2019-yilning yanvar-noyabr oylari davomidagi isteʼmol narxlari indeksi 1,1 foizni, 2018-yilning yanvar-noyabrida esa 1,0 foizni tashkil etgan. Shu tariqa, noyabr oyi davomida umumiy isteʼmol narxlari indeksi joriy yilning yanvar-noyabr oylaridagi oʻrtacha oylik oʻsish surʼati koʻrsatkichidan 0,6 darajaga yuqori boʻldi.
2019-yilning yanvar-noyabr oylari davomidagi narxlarning eng yuqori oʻsishi va pasayishi avgust (oʻsish surʼati 2,9 foiz) hamda iyun (pasayish darajasi 0,5 foiz) oylariga toʻgʻri keladi. Shu tariqa, joriy yilning noyabr oyidagi isteʼmol narxlari indeksi oʻsish surʼati 2019-yilning yanvar-noyabr oyidagi maksimal koʻrsatkichdan 1,2 darajaga past, minimal natijadan 2,2 darajaga yuqori boʻldi.
Taqqoslash uchun: oʻtgan yilning mos davridagi qisqa davrli oylik isteʼmol narxlari indeksi dinamikasi tahlili natijalariga koʻra, umumiy koʻrsatkichning eng yuqori oʻsishi yanvar oyida (2,7 foiz), sezilarli darajada pasayishi esa iyun oyida (0,4 foiz) qayd etilgan.
2019 va 2018-yillarning oʻn bir oyi davomidagi qisqa davrli oylik umumiy isteʼmol narxlari indeksi taqqoslash natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, koʻrsatkichlar orasidagi maksimal chekinish yana avgust oyida (2019-yildagi 102,9 foizga qarshi 2018-yildagi 100,3 foiz), noyabr oyidagi farq esa 0,6 darajani tashkil etgan (2019-yil noyabrdagi 2,3 foizga qarshi 2018-yil noyabr oyidagi 1,7 foiz).
Oʻtgan yilning oxiriga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 14,8 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 10,4 foiz va xizmatlar 14,9 foizga qimmatlashgan.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Iqtisodiyot universiteti besh kunlik taʼlim tizimiga oʻtdi
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: