Novak Jokovich US Open gʻolibi boʻldi

11:00 10 Sentyabr 2018 Jamiyat
193 0
Foto: Twitter / US Open

Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, serbiyalik Novak Jokovich “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi US Open turnirida bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Jokovich finalda turnirning 3-raketkasi, argentinalik Xuan Martin del Potroga qarshi kortga chiqib, 3 soatdan koʻproq vaqt davom etgan bahsda 6:3, 7:6 (tay-breykda 7:4), 6:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Mazkur gʻalaba Novak Jokovich uchun US Open turniridagi 3-bosh sovrini boʻldi. Shuningdek, serb “Katta dubulgʻa” turkumidagi musobaqalarda 14- marta bosh sovrinni qoʻlga kiritdi. Bu natija orqali u afsonaviy Pit Samprasga yetib oldi. Faqatgina Rafael Nadal (17 marta) va Rojer Federer (20) Novakdan koʻproq “Katta dubulgʻa” yutgan tennichilar sanalishadi.

Maʼlumot uchun, musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 53 mln dollarni tashkil qilgan. Sovrin qiymati 2013 yildagisiga nisbatan 57 foizga koʻtarilgan. Jokovichga mazkur chempionlik uchun 3,8 mln dollarga ega boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?