Noshirlik faoliyati uchun endi litsenziya talab etilmaydi

11:10 23 Iyun 2020 Hujjatlar
339 0

2020-yil 16-martda “Noshirlik va matbaa sohasini yana-da rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga asosan noshirlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilingan edi.

Bugun Vazirlar Mahkamasi tomonidan Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Unga koʻra, joriy yil 1-iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Endilikda tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga xabarnoma yuborishi kifoya.

Xabarnoma yuborilganidan keyin 1 ish kunida tasdiqnoma elektron koʻrinishda xabardor qiluvchiga yetkaziladi.

Shu bilan birga, noshirlik va matbaa sohasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish talab etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?