Norma ijodkorligiga “Aqlli tartibga solish“ modelini qo‘llash masalasi muhokama qilinmoqda

10:58 17 Avgust 2018 Jamiyat
140 0

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Aqlli tartibga solish“ modelini norma ijodkorligi jarayoniga tatbiq etishning dolzarb vazifalari“ mavzuida davra suhbati boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, BMTning mamlakatimizdagi Rivojlanish dasturi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar muvofiqlashtiruvchisi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan ushbu anjumanda norma ijodkorligi jarayonini takomillashtirish, bunda xalqaro ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ushbu sohaga “Aqlli tartibga solish“ modelini qo‘llash kabi muhim masalalar muhokama etilmoqda.

“Tadbirni tashkil etishdan maqsad bugungi kunda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilishda aholi va biznesni keng jalb etishdan iboratdir. Bunda xorij tajribasini o‘rganish, ular bilan birgalikda ishlab, yangi va samarali mexanizm hamda usularni joriy etishning ham ahamiyati katta“, deydi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sevara O‘rinboyeva.

Davra suhbati davom etmoqda.
Rahim Sherqulov, “Xalq so‘zi“ muxbiri


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?