Norinlik qizaloq Antaliyaga, Xalqaro olimpiadaga boradi

13:30 24 Sentyabr 2019 Jamiyat
160 0

Norin tumanining Norinkapa qishlogʻida yashovchi Shukrona Xudoyberdiyeva oʻziga xos iqtidorga ega. Mental arifmetika ixlosmandi boʻlgan qizaloq endigina 2-sinfda oʻqiyotgan boʻlishiga qaramay aytilgan sonlarni xayolan hisoblab, bir zumda javobini qaytaradi. U kuni kecha Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida mental arifmetika boʻyicha oʻtkazilgan respublika olimpiadasida “D“ kategoriyada (bir xonali sonlarni ikki va uch xonali sonlarga koʻpaytirish) qatnashib, 1-oʻrinni egalladi. Shukrona bu bilan joriy yilning 2-3-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkaziladigan Xalqaro olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Ragʻbat faqat shuning oʻzi emas. Olimpiada gʻolibasi kubok va 150 AQSH dollari miqdoridagi pul yutugʻi bilan ham mukofotlandi.

Tumandagi 40-umumtaʼlim maktabi jamoasi yosh iqtidorning Turkiyada boʻladigan bellashuvda ham munosib oʻrin egallashidan umidvor.

Qudratilla NAJMIDDINOV. “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?