Norinda tritsikl ishlab chiqarilmoqda

14:36 19 Avgust 2019 Jamiyat
305 0

Arxiv foto

Haqquloboddagi “Norin moto bike” masʼuliyati cheklangan jamiyati dastavval faoliyatni kattalar uchun velosiped ishlab chiqarishdan boshlagan edi.

Endilikda bu yerda bir kecha kunduzda 300 donadan koʻproq 15 turdagi velosiped tayyorlanmoqda. Orada mototsikl, moped va skuterlar tayyorlash ham oʻzlashtirildi. Bundan bir hafta avval esa korxona iseʼmolchilarga yana bir mahsulot - tritsiklni taqdim etdi. 2 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega boʻlgan radiatorli mazkur transport vositasi ixcham va boshqarishga qulay boʻlib, bir oilaning xoʻjalik ishlarini bemalol uddalay oladi.

- Biz tritsikllarni haridor istagiga qarab tegishli rang va yuk koʻtarish quvvatiga mos ravishda tayyorlab beryapmiz,- deydi MCHJ ishlab chiqarish boʻlimi mutaxassisi Dilshod Alimqulov. – Pirovardida, yangi mahsulotimizga boʻlgan talab kun sayin ortib borayotir.

Aytish lozimki, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining faol ishtirokchisi boʻlgan korxona faoliyatini izchil yoʻlga qoʻyib olishi bilan yuzdan ziyod yangi ish oʻrni vujudga keldi.

Qudratilla NAJMIDDINOV. 
/“Xalq soʻzi”/.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?