Norin daryosi bo‘yicha salkam 252 gektar maydonda baliqchilik xo‘jaligi tashkil etiladi

19:46 24 Iyul 2018 Jamiyat
220 0
Illyustrativ foto

“Namangan viloyatida baliq yetishtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, Namangan viloyati hududidan o‘tuvchi Norin daryosi bo‘yidagi 251,8 gektar maydonda baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etiladi.

Bundan tashqari qarorda belgilanishicha kadrlar tayyorlash bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi va Turkiya Respublikasi tajribalarini o‘rganiladi, malakali mutaxassislar va baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlarining baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarga xizmat safarlari tashkil etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?