Noqonuniy olib oʻtilayotgan sovuq qurollar toʻxtatib qolindi

22:02 27 Avgust 2019 Jamiyat
76 0

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi tomonidan navbatdagi qonunbuzilish holatiga chek qoʻyildi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Qoʻshni mamlakatdan yurtimizga piyoda kirib kelgan fuqaro R.N. oʻzi bilan olib kelgan qoʻl yuklarida taqiqlangan va deklaratsiyalanadigan tovarlar yoʻqligini maʼlum qilgan boʻlsada, biroq bojxona nazorati jarayonida bu narsa tamoman aksi boʻlib chiqdi.

Ushbu shaxsning sumkasi ichida hech qanday hujjatlari boʻlmagan jami 115 dona pichoq va kastet borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?