“Nodavlat taʼlimni boshqarish axborot tizimi” yaratiladi

14:11 27 Dekabr 2019 Hujjatlar
1086 0

“Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (1028-son, 24.12.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotida taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlarning yagona shakli tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, 2020-yil 1-oktyabrga qadar nodavlat taʼlim tashkilotlari, ularning taʼlim oluvchilari, pedagoglari va taʼlim tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotni oʻz ichiga oladigan “Nodavlat taʼlimni boshqarish axborot tizimi” yaratiladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-oktyabrdan:

- nodavlat taʼlim tashkiloti litsenziya olganidan keyingi litsenziya talablari va shartlaridan biri - “Nodavlat taʼlimni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun tegishli maʼlumotlarni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etish hisoblanadi;

- mazkur tizimda nodavlat taʼlim tashkiloti, uning taʼlim oluvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotning litsenziya olingandan boshlab 30 kun davomida yoʻqligi – litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki tugatish uchun asos boʻladi;

- kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjat blankalari berganlik uchun BHMning 10 foizi miqdorida yigʻim joriy etiladi.

Qaror bilan:

- Nodavlat umumtaʼlim tashkilotining namunaviy ustavi;

- Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?