Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

21:00 25 Mart 2020 Jamiyat
168 0

Foto: www.google.com

Hukumat qarori (180-son, 24.03.2020-y.) bilan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha nizomlar tasdiqlandi.

Qaror bilan tasdiqlangan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va maʼmuriy sud ishlari boʻyicha sud ekspertizasini oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan, shtatida sud eksperti sertifikatiga ega mutaxassislar boʻlgan tashkilot hisoblanadi.

Tashkilot rahbari sifatida faqat sud eksperti faoliyat olib borishi mumkin.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti faqat sud ekspertizasini amalga oshirish faoliyati bilan shugʻullanishga haqli.

Nizomga koʻra, mazkur faoliyatni turar joyda amalga oshirish taqiqlanadi.

Tashkilot amalga oshiriladigan sud ekspertizasi narxlarini mustaqil belgilaydi.

Adliya vazirligi rasmiy veb-saytida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari reytingi yuritiladi.

Qaror bilan, shuningdek, Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy bilimini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?