Nobel mukofoti laureati Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

11:13 28 Avgust 2018 Jamiyat
142 0

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan yaponiyalik mashhur olim, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori shu yilning 28-31 avgust kunlari Yaponiyaning Nagoya universiteti Prezidenti Matsuo Seyiti rahbarligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatmizga tashrif buyuradi, deb yozadi Edu.uz.

Ryodzi Noyorining Oʻzbekistonga tashrifi yurtimiz ilm-fan hayotidagi muhim voqea sanalib, u Xalqaro Nobel fondi bilan kelishgan holda tashkil etilmoqda. Bu esa nufuzli Xalqaro tashkilot tomonidan mamlakatimizning jahon ilmi-fani taraqqiyotiga qoʻshgan hissasining tan olinishi hamda bugungi kunda yurtimizda ilmiy salohiyatni rivojlantirishga boʻlgan munosabatning eʼtirofidir.

Delegatsiya aʼzolarining Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Fanlar Akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Ryodzi Noyori oʻzbekistonlik yosh tadqiqotchilar, olimlar bilan uchrashadi, ular uchun maʼruza qiladi. Nagoya universiteti delegatsiyasi aʼzolari ishtirokida oʻzbek-yapon ilmiy simpoziumi, davra suhbati, Samarqandga tashrif koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?