Joriy yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti o‘rniga boshqa sovrin beriladi

16:27 03 Iyul 2018 Dunyo
258 0
Foto: fashionlikbez.com

Bu yil adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti hech kimga berilmaydi. Biroq Shvetsiya Akademiyasi o‘z muassasasi atrofida kuzatilayotgan mashmashaga norozilik belgisi sifatida o‘zining muqobil mukofot versiyasini yaratmoqchi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Binobarin, shved yozuvchilari, aktyorlari, jurnalistlari va boshqa arboblardan iborat yuzdan ortiq kishi Yangi Akademiya tuzishdi va an’anaviy tarzda Nobel sovrini taqdim etiladigan kuz faslida o‘zlarining muqobil mukofotlarini topshirishga kelishib olishdi.

Gap shundaki, yaqinda shoira, Shvetsiya Akademiyasi a’zosi Katarina Frostensonning turmush o‘rtog‘i 71 yoshli fotograf va teatr rejissyori Jan Klod Arn adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining bo‘lajak laureatlari, qolaversa, Akademiyaning bo‘lajak a’zolari ismi-shariflarini mahalliy OAV orqali oshkor qilib yuborgan edi.

Shundan so‘ng uch nafar yozuvchi bundan norozi bo‘lib, Akademiyaning doimiy a’zosi darajasidan voz kechgan, mazkur tashkilotning doimiy kotibi Sara Danius ham o‘z lavozimini tark etgandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mashmasha boshqa yo‘nalishlardagi Nobel mukofotlarini topshirish jarayonlariga ta’sir o‘tkazmaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?