NNTlar klubi 50 ga yaqin xotin-qizlar masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarni birlashtirdi

16:18 11 Aprel 2019 Jamiyat
146 0

50 ga yaqin xotin-qizlar masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar Nodavlat notijorat tashkilotlar Klubiga ixtiyoriy ravishda birlashdi. Bu haqda Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Klub aʼzolari safini kengaytirish maqsadida 2019-yilning 10-aprel kuni Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamkorligida imkoniyati cheklangan bolalar, shuningdek, alohida iqtidorli bolalar va yoshlar muammolarini oʻrganuvchi, ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarning ijtimoiylashuvi hamda huquqlarini himoya qilish kabi yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan NNTlar bilan davra suhbatlari oʻtkazildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar Klubi klub 5-mart kuni Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshida tashkil qilingandi.

Klubning asosiy maqsadi xotin-qizlar sohasida faoliyat olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlarning hamkorlik qilish, faoliyatini muvofiqlashtirish maydonini yaratish, ijobiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlashtirish, ayollar va bolalar masalalarida duch kelayotgan muammolarda NNTlarning rolini oshirishdan iborat.

Ayni paytda Oʻzbekistonda 9697 ta nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud boʻlib, ulardan 376 tasi xotin-qizlar sohasida ish olib boradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?