Nima uchun Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari va viloyat prokurori lavozimidan ozod etildi?

22:25 08 Noyabr 2018 Siyosat
1787 0

“Xalq soʻzi Online”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Surxondaryo viloyati hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirokida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Ulugʻbek Abdumutalovich Axunov hamda viloyat prokurori Oʻktam Abdullayevich Saidov boshqa ishga oʻtkazilgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shu kunga qadar viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan Rahmatulla Boboxonovich Gapparov Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Denov tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Ulugʻbek Berdiqobilovich Qosimov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlandi.

Yigʻilishda shuningdek, joriy yil qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, paxta yetishtirish va yigʻim-terim ishlarini tashkil etish borasida yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat dasturlari va eksport prognozlarining bajarilishi, qurilish, kommunikatsiya va kommunal sohadagi dasturlarning ijrosi, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi holati yuzasidan viloyat hokimi oʻrinbosarlarining axborotlari tinglandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?