Nima uchun semizlik tashxisi bor bemorlarda koronavirus ogʻir kechmoqda?

16:16 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
205 0

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:

— Toʻqimalar va organlarda ortiqcha yogʻ borligi semizlik deyiladi. Bu dard sogʻliqni saqlash sohasidagi eng jiddiy muammolardan biri boʻlib, uning zaminida yuzaga kelgan kasalliklardan har yili taxminan 2,5 million kishining bevaqt vafot etishiga sabab boʻladi.

Olimlarning taʼkidlashicha, tana vaznidan ortiqcha har 10 kilogramm insonning umr koʻrish muddatini 3 yilga qisqartiradi. Semizlikning bir necha turlari bor: birlamchi, gipotalamo va endokrin.

Birlamchi semizlik tez-tez ortiqcha yegulik yeyish bilan va zarur jismoniy faoliyat yoʻqligi bilan rivojlanadi. Gipatalomo semizlikda miyaning gormonlar ishlab chiqarishi buzilganda rivojlanadi. Endokrin semizlikda organizmdagi bezlar buzilishi fonida shakllanadi.

Semizlik natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi: qandli diabetning 2 turi, saraton, ogʻir yurak qon tomir kasalliklari, tomirlarning varikoz kengayishi, qoʻshma kasalliklar va boshqalar. Ushbu davrda organizmda modda almashinuvi buziladi.

Semizlik tashxisi bor bemorlar koronavirusga chalinsalar, ularning hamroh kasalliklari ham zoʻrayadi va organizm kurashish qobiliyati susayadi. Ular bunday davrda barcha infeksiyalarni yuqtirishga moyil boʻlib qoladilar. Shuning uchun bunday kasallarda kasallik koʻpincha ogʻir kechadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?