"O‘zbekkonsert" Rayxonga unvonga munosib kuylashni tavsiya etdi

16:13 12 May 2018 Madaniyat
809 0

 

Kengashda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayxon G‘aniyeva tomonidan kuylangan qo‘shiq matni mantiqan mukammal emas deb topildi.

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayxon G‘aniyeva tomonidan kuylangan qo‘shiq matni mantiqan mukammal emas deb topildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muasassasi matbuot xizmati XS.UZga ma’lum qildi.

Shuningdek, Rayxon G‘aniyeva tomonidan kuylangan «Yurak» (Hamdam Sobirov so‘zi, Jasur Badalboyev musiqasi) deb nomlangan qo‘shiqqa olingan klipda ayrim kadrlardan nojoiz foydalanganligi uchun qayta ishlash tavsiya etildi.
Yoshlarimiz ushbu xonandaning qo‘shiqlarini sevib tinglashi ta’kidlanib, bu mavzudagi qo‘shiqlarning so‘zlariga juda jiddiy yondoshish kerakligi, shuningdek, unvonga munosib qo‘shiq kuylanishi zarurligi tushuntirilib, qo‘shiqni namoyish etish uchun kadrlarni to‘g‘rilash zarurligi ta’kidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?