Nima uchun karantin davrida harbiy texnikalar jalb qilinmoqda?

13:38 07 Aprel 2020 Jamiyat
614 0

Karantin davrida harbiy texnikalarning jalb qilinishidan koʻzlangan maqsad nima? Ushbu savolga Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov javob berdi.

"Har kuni poytaxtimiz koʻchalarida, viloyat va tuman markazlarida, aholi yashash punktlarida fuqarolarni karantin qoidalariga rioya qilishlari, besabab koʻchalarga chiqmasliklari boʻyicha harbiy texnikalar yordamida targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Targʻibot ishlariga jalb qilingan BRDM-2 zirhli texnika bazasidagi ZS-82 ovoz uzatkichli moslama aynan targʻibot va munozaralar oʻtkazishga moʻljallangan. Uning ovoz uzatish quvvati 6 km masofagacha yetadi. Shahar va aholi yashash punktlarida har bir koʻchaga kirib-chiqish kabi ishlarni yengillashtirish maqsadida ushbu texnikalar jalb qilinmoqda.

Aholi oʻrtasida vahima va sarosima gaplar tarqalishiga aslo yoʻl qoʻymaslik lozim. Shunday ekan, koʻchalarda milliy armiyaning harbiy texikalari va harbiy xizmatchilarining harakatlanishini turli xil muhokamalarga va vahimalarga yoʻyish oʻrinsiz", deydi Zulfiqorov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda shu kunga qadar koronavirus aniqlanganlar 472 nafar yetdi. Ulardan 30 nafari butunlay sogʻaydi. 2 kishi vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?