Nima uchun elektr energiyasi narxlari oshdi?

16:02 01 Avgust 2019 Jamiyat
491 0

Illyustrativ foto

Ushbu savolga Energetika vazirligi javob berdi.

“Hammamiz har qanday narsaning narxi oshishini yoqtirmaymiz. Ayni paytda biz uchun odatiy boʻlib qolgan maishiy qulayliklar xavf ostida qolishi bizni nihoyatda tashvishlantiradi.

Elektr energiyasi tariflarining oʻzgarishi mavzusi bugungi kunda muhokamalar markazida turibdi. Ijtimoiy tarmoqlar, internet-OAVlar ayniqsa, ushbu “qaynoq” mavzuni koʻtarib chiqishni yoqtiradi, zero uning oʻquvchisi koʻp. Ammo elektr energiyasi narxi oshishi haqida soʻz ketganda, kamdan kam kishilargina narxlar qanchaga oshishi boʻycha aniq maʼlumotlarni keltiradi, narxlar qanday boʻlsa, shundayligicha qolsa, nima boʻladi, degan savol kamdan kam odamning hayoliga keladi.

Keling, izchillik bilan mulohaza yuritaylik – aholi tomonidan elektr energiyasi isteʼmoli uchun bugungi narxlar qayerdan olindi. Aholi uchun bu bir kilovatt-soat uchun 250 soʻmni tashkil etadi. Amalda esa bir kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun 450 soʻm sarflanadi. Yaʼni biz, aholi uchun elektr energiya narxi davlat tomonidan dotatsiya qilinadi. Bunday dotatsiyaning oqibatlari shundaki, agarda u oʻn yillar davom etayotgan boʻlsa (amalda ham shunday boʻlmoqda) sohaning norentabelligga olib keladi.

Sohaning norentabelligi nima va bu nimaga bogʻliq? Bu uskunalarning asta-sekin eskirishi, ularni toʻliq yangilashga mablagʻ yetishmasligi, sohaga investitsiyalar kiritilmasligini bildiradi, chunki investor norentabel ishlab chiqarishga mablagʻ sarflamaydi. Ushbu roʻyxatni davom ettirish mumkin va unda hech qanday ijobiy jihatlar kuzatilmaydi. Dotatsiyalar, odatda, vaqtinchalik chora hisoblanadi. Agarda ular, bizning mamlakatimizda elektr energiyasidan foydalanish uchun haq toʻlash holati kabi, koʻp yillar davom etayotgan boʻlsa, yoki bu holatni tubdan oʻzgartirish kerak, yoki bizni energiya taʼminotida uzulishlar kutmoqda.

Nima sababdan? Javobi oddiy. Biz elektr energiyasini kamroq isteʼmol qilmayapmiz, aksincha, unga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Aholi soni oʻsib bormoqda, barchamiz farzandlarimiz va nevaralarimizni yaxshi koʻramiz, oilamiz kengayishidan xursand boʻlamiz. Demak, isteʼmol hajmi ham ortib boradi. Moddiy farvonligimiz ortmoqda, ilgari boʻlmagan maishiy texnikani xarid qilamiz, yoki ularning sonini koʻpaytiramiz. Ventilyatorlar, konditsionerlar, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari va koʻplab boshqa narsalar – hozirgi paytda har bir oila turmushining uzviy qismiga aylandi.

Koʻproq isteʼmol qilish – mavjud quvvatlarga, foydalaniladigan uskunalarga katta yuklamani, demak, ushbu infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash va kengaytirish vositalariga ehtiyojlar oʻsishini anglatadi. Qayd etilganidek, sohaning norentabelligi tufayli investitsiyalar yetishmaydi. Toki dotatsiya siyosati davom etar ekan, ular kelajakda ham boʻlmaydi.

Insoniyat taraqqiyotining elektr toki kabi neʼmatidan foydalanishni davom ettirishimizning yoʻli bitta - sohani rentabelli qilish kerak. Rentabellilikka esa bozor qonuniyatlari amal qilishi, yaʼni elektr energiyasining haqi uning tannarxiga koʻra toʻlanishi orqali erishish mumkin. Bunday oʻtish bosqichma bosqich amalga oshiriladi, odamlarning manfaatlari eʼtiborga olingan holda, elektr energiyasidan foydalanish haqi oz-odan oshirib boriladi.

Oʻzbekistonda 1 kVt-saot elektroenergiya haqi 45 soʻmga oshirilgan. Ayni paytda qolgan xarajatlar korxonalarning tadbirlari hisobidan va davlat yordamida qoplanadi.

Keling, yaqin qoʻshnilarimiz elektr energiya uchun qancha haq toʻlashini koʻrib chiqaylik. Ish haqida elektr energiya xarajatlari qanday oʻrin egallaydi? Shunday qilib, Oʻzbekiston fuqarosi bugungi kunda elektr energiya uchun ish haqining 1,9% toʻlasa, ish haqida elektr energiya toʻlovlari ulushi Turkiyada 2,1 foizni, Ozarbayjonda – 2,6%, Gruziyada – 3,2%, AQSH da – 2,9%, Janubiy Koreyada –3,8%, Germaniya va Hindistonda –5,3%, Yaponiyada –5,4%, misol uchun Portugaliyada - 6,2% ni tashkil etadi.

Yaʼni tariflar oʻzgarganda biz 1 kVt soat uchun 295 soʻm toʻlay boshlaymiz va baribir qoʻshnilarimiz xarajatlariga yeta olmaymiz.

Butun dunyoda elektr energiya iqtisodi uning tannarxi oshishi bilan bogʻliq boʻladi. Bizning holatimizda, elektr energiya narxi oshganligi sezilmasligi uchun, misol uchun uyda oddiy 26 kVt lampochkadan foydalanishni kamaytirish, yoki kuniga konditsionerdan bir yoki bir yarim soat kamroq foydalanishning oʻzi kifoya qiladi.

Elektr energiyaga toʻlayotgan haqning uning real tannarxiga yaqinlashuvidan erishiladigan samara esa nihoyatda salmoqli. Soha rentabellik sari harakatlanmoqda, investorlarni jalb etishga qodir, demak rivojlanishi va barqaror faoliyati uchun mablagʻ koʻpayadi. Bu ishning samarasi esa aynan bizning chiroqdan, muzlatgichdan, televizordan, hozirgidek issiq kunlarda hayotimizga qulaylik ato etuvchi konditsionerlar va ventilyatorlardan foydalana olishimizda ifodalanadi.

Narxlar past boʻlsa, turmush qulay boʻlishi haqida uzoq mulohaza yuritish mumkin. Ammo kelajakni ham oʻylash vaqti keldi – hozirgi ahvolni oʻzgarishsiz qoldirsak, ertaga nima boʻladi? Elektr energiya boʻlmasa – zamonaviy hayotimizning qulayliklari, jumladan, sevimli ijtmoiy tarmoqda qayd qoldirishimiz uchun telefonlar va kompyuterlar ham boʻlmaydi. Keling, turmushimizni yanada yaxshilash haqida oʻylaylik. Bu bizning umumiy manfaatlarimizga mos keladi!”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?