Nima uchun elektr energiya boʻyicha “tungi” va “kunduzi” tariflarni joriy etish mumkin emas?

18:35 15 Avgust 2019 Jamiyat
100 0

Illyustrativ foto

Energetika vazirligi ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

“Oʻrnatilayotgan yangi elektr energiya hisoblagichlar koʻp tarifli tizimga ega. Jumladan, ularni kun vaqtiga qarab, elektr energiyasi hisobini yuritish uchun ishlatilishi mumkin.

Ammo hozircha bu tizim Oʻzbekistonda joriy qilinmagan. Negaki, mazkur bosqichda “tungi” va “kunduzgi” tariflarni joriy etish yoʻlida jiddiy bir muammo bor. Bu esa elektr energiyaning yetkazib berilishi bilan bogʻliqdir. Agar biz isteʼmolchiga arzonroq energiyani isteʼmol qilishni tanlash imkoniyatini berganimizda, ushbu tanlovni 24 soatlik yetkazib berish bilan mustahkamlashimiz kerak boʻladi.

Hozirgi paytda biz isteʼmolchiga “qimmat” va “arzon” elektr energiyani yetkazib bera olmaymiz. Chunki ushbu elektr energiyani yetkazib berishda uchraydigan muammolar tufayli biz isteʼmolchilarni “qimmat” energiyani xarid qilishga majburlaymiz. Yaqin kelajakda esa elektr energiya narxlarini uni isteʼmol qilish hajmiga koʻra differensiyatsiya qilish imkoniyati koʻrib chiqiladi. Bu umumjahon amaliyoti – uchta tarif joriy qilinadi – bazaviy, pasaytirilgan va yuqori. Bu hisob-kitob tizimini birmuncha murakkablashtiradi, ammo shu bilan birga, isteʼmolchilarga nisbatan eng adolatli qaror boʻladi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?