Nima uchun barcha sharoitlar Toshkent aholisi uchun qilinmoqda. Boshqa hududlar va tumanlar ham bor-ku?

12:45 04 Avgust 2020 Jamiyat
561 0

Ushbu savolga bugun AOKA zalida boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:

— Hozirgi kunda epidemiologik vaziyat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa hududlarga nisbatan birmuncha ogʻir boʻlganligi sababli barcha davolash va kasallik tarqalishini oldini olishga qaratilgan pilot loyihalar birinchi navbatda Toshkent shahrida oʻtkazildi.

Ushbu loyihalar asosida bemorlarga malakali va tez tibbiy yordam koʻrsatishning yangi tizimi tashkil etildi.

Ushbu loyihalar ijobiy samara berganligi sababli hozirgi kunda respublika boʻylab yangi tizim asosida ish olib borish tatbiq etilishi boshlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?