Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatovadan yana bir quvonchli xabar

10:35 01 Sentyabr 2019 Sport
406 0

Kuni kecha Vengriyada oʻtgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga litsenziya olgan qizlarimiz Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova navbatdagi musobaqada ham omadli ishtirok etishdi.

Qizlarimiz Moskva shahrida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan Rossiya Prezidenti kubogi uchun baydarka va kanoeda eshkak eshish bahsida kumush medalni qoʻlga kiritdilar. 500 metr masofaga juftlikda kechgan final bellashuvida Rossiya va Chexiya terma jamoasi vakillaridan iborat ekipaj birinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtgan boʻlsa, mezbonlar juftligi kuchli uchlikni yakunlab berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?