Nikita Mixalkovning oʻgʻli Oʻzbekistonda “Mister Nokaut” filmini suratga oladi 

16:34 07 Sentyabr 2020 Dunyo
226 0

Rossiyalik rejissyor Artyom Mixalkov “Mister Nokaut” filmining ijodiy jamoasi bilan tasvirga olish joylarini koʻrish uchun Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda “Dunyo” AA muxbiri xabar berdi.

“Mister Nokaut" – biografik drama boʻlib, mashhur sovet boksyori, 1964-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari gʻolibi, ikki karra Yevropa chempioni, olti karra SSSR chempioni va Vel Barker Kubogini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan yagona sovet boksyori Valeriy Popenchenko hayoti haqida hikoya qiladi.

Boʻlajak Olimpiya chempionining yoshligi urushdan keyingi yillarda Toshkentdagi Suvorov maktabida oʻtadi. Ushbu fakt Oʻzbekistonda yaʼni Toshkent, Buxoro, Chirchiq va Yangiobodda filmni suratga olish uchun asosiy omil boʻldi.

Film ijodkorlaridan postanovkachi operator, postanovkachi rassom, ikkinchi rejissyor, kartina direktori yurtimizda boʻlib turibdi.

Film direktori va prodyuseri mashhur rejissyor Nikita Mixalkovning oʻgʻli, “9 rota”, «Duxless», «Sibirskiy siryulnik» kabi afsonaviy filmlarda rol ijro qilgan Artyom Mixalkovdir.

“Mister Nokaut” Artyom Mixalkovning “Ostanovka”, «Zagadka chernogo prinsa», «Ctrasti po Rossii», «Stavka na lyubov», «Moskva, ya lyublyu tebya!» filmlaridan keyingi oltinchi toʻliq metrajli rejissyorlik ishi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?