Nihoyat! Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzoladi

11:29 17 Sentyabr 2019 Sport
142 0

Aralash jang sanʼati (MMA) boʻyicha -84 kg vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan Mahmud Murodov (22-6, 14 KO) mazkur sport turining eng nufuzli yoʻnalishi sanalgan UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Mahmud Murodov bu orqali nufuzli turnirda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylangan.

Eslatib oʻtamiz, Mahmud Murodov shu kunga qadar Chexiyaning XFN, undan keyin esa OKTAGON MMA turnirlarida ishtirok etib kelgan. Soʻnggi marta u braziliyalik Vendell Oliveyrani (31-13, 16 KO) magʻlubiyatga uchratgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?