Nexia-3 uchun berilgan boshlangʻich toʻlov isteʼmolchiga qaytarib berildi

11:16 21 Iyul 2020 Jamiyat
685 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga joriy yilning 25-iyun kuni Fargʻona tuman Yoshlarobod qishlogʻida yashovchi fuqaro B.Temirov tomonidan murojaat kelib tushdi. Unga koʻra, 2019-yilning 19-avgust oyida “UMID AVTO LIZING” MCHJ bilan NEXIA-3 avtomobili sotib olish uchun shartnoma imzolagan, ana shu shartnomaga asosan 33 758 266 (oʻttiz uch million yetti yuz ellik sakkiz ming ikki yuz oltmish olti) soʻm boshlangʻich toʻlovni amalga oshirgan, lekin isteʼmolchiga shu kunga qadar avtomobil yetkazib berilmagan. 2020-yilning 19-martida, tashkilotga oʻrtadagi shartnomani bekor qilish va boshlangʻich toʻlov summasini plastik kartasiga qaytarish boʻyicha ariza bilan murojaat qilgan boʻlsa-da, unga nomaʼlum sabablarga koʻra puli qaytarilmagan. Mutaxassislarimiz ushbu masalada tashkilot masʼullari bilan bogʻlanib, amaldagi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, ularga koʻra sotuvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning majburiyatlari, isteʼmolchining huquqlari borasida muzokara oʻtkazildi. Shundan soʻng isteʼmolchining talabi bajarildi va uning puli bank plastik kartasiga tushirib berildi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi 
matbuot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?