Nexia-3 avtomobili vaqtida yetkazib berilmagani natijasida 34 mln 750 ming soʻm isteʼmolchiga qaytarib berildi

10:07 07 May 2019 Jamiyat
460 0

Buxoro shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Vobkent tumani Yangikent QFY Shirin qishlogʻida yashovchi fuqaro I. Ramazonovning ogʻzaki murojaati roʻyxatga olingan.

Ushbu murojaatda qayd etilishicha isteʼmolchi 2018 yil 6 avgust kuni “Umid savdo fayz invest” MCHJdan NEXIA-3 rusumli avtomashinasi xarid qilish uchun shartnoma tuzgan va isteʼmolchi shartnomada koʻrsatilgan 34 750 000 soʻmni toʻlagan. Ammo avtomashinani oʻz vaqtida yetkazilmaganidan norozi boʻlgan.

Isteʼmolchining murojaati jamiyat xodimlari tomonidan oʻrganilib, isteʼmolchi va tadbirkorning huquqlari tushuntirildi hamda isteʼmolchining toʻliq 34 750 000 soʻm naqd puli qaytarib berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?