O‘zbekistonda yil boshidan buyon salkam 30 mingta yangi korxona tashkil etildi

15:07 13 Iyul 2018 Iqtisodiyot
230 0
Arxiv foto: Sputnik

2018 yilning yanvar-iyun oyida Respublikada 29,4 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,4 mingtaga ko‘pdir, deyiladi Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida.

Shuningdek, faoliyati tugatilgan korxona va tashkilotlarning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,5%ga kamaygan hamda ularning soni 8,6 mingtani tashkil etganligini kuzatish mumkin Buning natijasida joriy yilning boshiga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20,7 mingta (7,3 %) ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 306,2 mingtani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Toshkent shahrida (21,2 %), Toshkent (9,6%), Farg‘ona (8,9 %) va Andijon (8,6 %) viloyatlarida kuzatilmoqda.

2018 yil yanvar-iyun holatiga 29385 ta korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu esa 2017 yilning shu davriga nisbatan qaraganda 17,5 % ga ko‘pdir. Eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar Toshkent shahrida (6391 ta), Toshkent (2879 ta), Farg‘ona (2376 ta) va Samarqand viloyatlarida (2403 ta) tashkil etilgan. Eng kam Sirdaryo (798 ta), Xorazm (1110 ta) hamda Navoiy (1155 ta) viloyatlarida tashkil etilgan.

Agar iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ko‘rsak eng ko‘pi savdoda (6026 ta), sanoatda (5753 ta), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (3230 ta) va qurilishda (3348 ta) sohalarida tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (663 ta), axborot va aloqada (669 ta) hamda tashish va saqlashda (1015 ta) tashkil etilganligi kuzatilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?