Uchqizil mavzesi bagʻridagi marvarid (Foto)

15:24 07 Sentyabr 2018 Madaniyat
548 0
Foto: “Xalq soʻzi online”

“Xalq soʻzi online”. Mustaqillik bayrami shodiyonalari kunlarida Termiz tumanidagi Uchqizil mavzesida “Termiz marvaridi” zamonaviy dam olish maskani foydalanishga topshirildi.

Foto: “Xalq soʻzi online”

Mazkur yirik loyiha Prezidentimiz 2017 yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida mutasaddilarga bergan topshirigʻi asosida amalga oshirildi. Qurilish ishlari “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati, “Toʻpalang HPD holding” huzuridagi “Toʻpalang HPD Building” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borildi. Natijada qisqa vaqt ichida qarovsiz va tashlandiq boʻlib qolgan hududda zamonaviy qiyofaga ega koʻrkam inshoot qad rostladi.

Foto: “Xalq soʻzi online”

Mazkur shifo maskanida uch qavatli dam olish binosi, oilaviy hordiq chiqaruvchilar uchun kottejlar, 100 kishilik 3D kinoteatr, shuningdek, 120 oʻrinli restoran, osh markazi hamda maxsus kabobxonalar barpo etildi. Bundan tashqari, bolalar va kattalarga moʻljallangan suv havzalari, musiqali favvoralar, raqs maydonlari, Sangardakni eslatuvchi sharshara tashrif buyuruvchilarga olam-olam zavq ulashishi turgan gap.

Dam olish maskanida bir vaqtda 200 kishiga xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud.

Foto: “Xalq soʻzi online”

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?