Nepalda kuchli yomgʻir: 23 kishi halok boʻldi

17:19 12 Iyul 2020 Jamiyat
347 0

Nepalda kuchli yomgʻirlardan keyin yuzaga kelgan suv toshqinlari va yer koʻchishi oqibatida 23 kishi halok boʻldi hamda minglab odamlar evakuatsiya qilindi.

Nepal poytaxti Katmandudan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Myagdi tumanida 9 kishi vafot etgan va yana 30 kishi qidirilmoqda. Shuningdek, bir qancha uylar vayronaga aylangan.

“Qurbonlar soni yana koʻpayishi kutilmoqda. Chunki qutqaruvchilar chekka hududlarga yaqinda yetib bordi va qurbonlarni izlamoqda” deydi Myagdi tumani rahbari Gyan Nath Dakal. U yana 50 kishi vertolyotlar yordamida xavfsiz joyga olib kelinganini ham maʼlum qildi.

Myagdiga qoʻshni Kaski tumanida esa 7 kishi ushbu tabiiy ofat qurboniga aylangan, yana 7 kishi gʻarbiy hudud boʻlgan Jajarkot tumanida halok boʻlgan. 

“Biz yana 8 kishini qidirmoqdamiz” deydi politsiya xodimi Kishore Shrestha.

Koʻp hududi togʻlardan tashkil topgan Nepalda iyun va sentyabr oylari oraligʻida musson yomgʻirlari mavsumi boshlanadi. Bu mamlakatda yilning ushbu davrida yer koʻchkilari hamda dahshatli suv toshqinlarining yuzaga kelishi odatiy holdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?