Nemis mennonitlari avlodlari Xorazmda

10:56 07 Oktyabr 2019 Jamiyat
216 0

Joriy yil bahorida Xivadagi “Ichanqalʼa” muzey qoʻriqxonasida XIX asr oxirida taqdir taqozosi bilan Xorazmga kelib qolgan va vohada deyarli ellik yilga yaqin yashagan nemis mennonitlari hayotiga bagʻishlab yangi ekspozitsiya tashkil etilgan edi. Yaqinda AQSH va Kanadalik bir guruh olimlar, sayyohlar hamda Xorazmda yashagan mennonitlar avlodlari vakillari ushbu ekspozitsiya bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi. Xiva xonligi tasarrufidagi Oq machit qishlogʻida yashagan nemis mennonitlar hayotiga oid nodir fotosuratlar, osori-atiqalar, ular yasagan uy-roʻzgʻor buyumlarini tomosha qilgan mehmonlar oʻz hayajoni va quvonchini yashirishmadi.

-Avvalo oʻsha suronli yillarda ota-bobolarimizga mehr-muruvvat koʻrsatib bir parcha yerini, nonini baham koʻrgan bagʻrikeng va mehmondoʻst oʻzbek xalqidan juda minnatdormiz, - deydi kanadalik olim Jems Junke. - Ajdodlarimiz xotirasiga hurmat koʻrsatib, ularning qilgan xizmatlari shunchalik eʼzozlanayotganini koʻrib nihoyatda toʻlqinlanib ketdim.Kelgusida ekspozitsiyani yangi eksponatlar bilan boyitish borasida Kanzasdagi muzey bilan hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldik.

Mehmonlar shuningdek, nemis mennonitlari yashagan Oq machit qishlogʻida ham boʻlishdi.

Odilbek Odamboyev,
(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?