JCH-2018. Germaniya so‘nggi soniyalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi

09:40 24 Iyun 2018 Sport
773 0
Фото: Getty Images

 Futbol bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda bir qator dramatik holatlar kuzatildi.

F guruhida birinchi turni mag‘lubiyat bilan boshlagan Germaniya terma jamoasi ikkinchi turda ham juda qiying ahvolda qolgandi. Biroq bir kishi bo‘lib qolganiga qaramasdan, nemislar so‘nggi daqiqada Toni Kroos tomonidan kiritilgan gol evaziga, g‘alaba qozonib, pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Meksika terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

G guruhida Belgiya terma jamoasi Tunis bilan kuch sinashib, yana bir marta yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bu safar belgiyaliklar 5:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

JCH-2018
F guruhi. 2-tur

Germaniya – Shvetsiya 2:1 (0:1)
Gollar: 
Roys (48), Kroos (90+5) – Toyvonen (32).
Germaniya: Noyer, Kimmix, Boateng, Ryudiger, Xektor (Brandt, 87), Rudi (Gyundogan, 31), Kroos, Myuller, Roys, Draksler (Gomes, 46), Verner.
Shvetsiya: Olsen, Lyustig, Lindelef, Grankvist, Augustinsson, Klasson (Durmaz, 74), Larsson, Ekdal, Forsberg, Toyvonen (Gvidetti, 78), Berg (Telin, 90).
Ogohlantirishlar: Ekdal (52), Boateng (71), Larsson (90).
Chetlatish: Boateng (82).

Janubiy Koreya – Meksika 1:2 (0:1)
Gollar:
Son Hyon Min (90+3) – Vela (26, penalti), Ernandes (66).
Janubiy Koreya: Chjo Xen U, Li Yon, Chjan Hyon Su, Kim Yon Gvon, Kim Min U (Xon Chxol, 84), Chju Se Chjon (Li Syon U, 64), Ki Son Yon, Mun Son Min (Chjon U Yen, 77), Li Chje Son, Xvan Xi Chxan, Son Hyon Min.
Meksika: Ochoa, Alvares, Salsedo, Moreno, Galyardo, Errera, Guardado (Markes, 68), Layyun, Vela (dos Santos, 77), Losano (Korona, 71), Ernandes.
Ogohlantirishlar: Kim Yon Gvon (58), Li Yon (63), Li Syon U (72), Chjon U Yon (80).

G guruhi. 2-tur

Belgiya – Tunis 5:2 (3:1)
Gollar:
 Azar (6, penalti, 51), Lukaku (16, 45+4), Batshuayi (90) – Bronn (18), Xazri (90+3).
Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Boyata, Vertongen, Menye, de Bryuyne, Vitsel, Ferreyra Karrasko, Mertens (Tilemans, 86), Azar (Batshuayi, 68), Lukaku (Fellayni, 59).
Tunis: Ben-Mustafa, Bronn (Naggez, 24), Ben-Yussef (Benaluan, 41), Merya, Maalul, Sassi (Sliti, 59), Skiri, Kaui, Ben-Yussef, Xazri, Badri.
Ogohlantirish: Sassi (14).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?