Nega Turkmaniston qishloqlarida faqat keksalar va maktab oʻquvchilari qolgan? 

22:30 13 Fevral 2020 Dunyo
445 0

Fotо: «Хроника Туркменистана»

Turkmaniston fuqarolarining mamlakatni tark etayotgani sababli qishloqlarda faqat keksalar va maktab oʻquvchilari qolmoqda.

Nashr muxbirlaridan biri turkman-afgʻon chegarasi yaqinida joylashgan “Marchak” qishlogʻida boʻlib, u yerdagi vaziyatni oʻrgangan.

Qayd etilishicha, mehnatga layoqatli aholi vakillaridan oʻqituvchilar hamda bogʻcha va maktab yoshidagi bolalar va keksalar (70 yoshdan oshgan) qolgan, xolos.

Keksalar bolalarga qaraydi. Bolalarning ota-onalari esa chet elda, asosan, Turkiyada ishlab, oyiga 100-200 dollardan pul joʻnatib turadi. Keksalar boʻlmagan oilalarda esa bolalarni boqib turganlik va ularga sarflanadigan barcha xarajatlarni qoplash sharti bilan qarindoshlar yoki qoʻshnilarga tashlab ketishga toʻgʻri keladi.

Maktab bitiruvchilari yoki yuqori sinf oʻquvchilari boʻlgan qizlar qariyalar yoki bolalar qolgan oilalarda xizmatkor boʻlib ishlaydi. Ular ovqat pishiradi, kir yuvadi, uy tozalaydi va bolalarga qaraydi.

Keksalardan biri vafot etganda, dafn marosimini tashkillashtirish va xotira marosimini oʻtkazishda boshqa qariyalar va oʻspirinlar shugʻullanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?