Nega Sirdaryolik oʻqituvchilarning kitobi bir yoʻla 7 tilda 600 000 nusxada chop etildi?

17:11 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
71 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Avval “Darsning darsligi yoʻq edi” deb nomlangan axborotda xabar berganimizdek,sirdaryolik uch pedagog- Guliston shahridagi 8, Yangiyer shahridagi 6, Mirzaobod tumanidagi 15-maktablarning texnologiya (avvalgi mehnat) taʼlimi oʻqituvchilari Zamira Sattorova, Nazokat Abdusalomova va Nasiba Ahmedova hammualliflikda yaratgan 9-sinf uchun “Texnologiya” darsligi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan maʼqullanib, amaliyotga tavsiya qilingan edi.

Yaqinda “Oʻzbekiston” nashriyoti mazkur qoʻllanmani oʻzbek, qoraqalpoq,rus, tojik, qozoq, qirgʻiz va turkman tillarida, 600 ming nusxada bosmadan chiqardi.

Unda oʻgʻil bolalar uchun alohida, qizlar uchun alohida qismlar mavjud. Xususan ,darslikda oʻgʻil bolalarga“Texnologiya va dizayn yoʻnalishi” degan boʻlimda hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va roʻzgʻorshunoslik, elektronika asoslari, kasb tanlashga yoʻllash hamda ijodiy loyiha tanlash texnologiyasi boblari ajratilgan boʻlsa, qizlarga moʻljallangan boʻlimda ularning oʻzlariga mos va zamonaviy yoʻnalishlarga oid dars ishlanmalari hamda maʼlumotlar joy olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?