Nega maʼmuriy jazo turlari hamda sanksiyalarga tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga zarurat tugʻilmoqda?

15:19 03 May 2019 Jamiyat
177 0

Illyustrativ foto

Respublika boʻyicha 2016 yilda ushbu sohada 7 ta, 2017 yilda 2187 ta va 2018 yilda 1531 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar dinamikasi, ularning soni keyingi yillarda oshib borayotganligini va amaldagi maʼmuriy jazo turlari hamda sanksiyalarga tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish zarurligini koʻrsatmoqda.

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli 63-moddasi sanksiyasi kuchaytirilmoqda va ushbu modda yangi qism bilan toʻldirildi.

Oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablarini buzganlik uchun Kodeksning 84-moddasi sanksiyasida belgilangan javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Bundan tashqari, yil sayin hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa joyga koʻchirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirganlik holatlari koʻpayib bormoqda.

Misol uchun, 2018 yilning oʻzida bu borada 98 ta huquqbuzarlik sodir qilingan boʻlib, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻzboshimchalik bilan 29 512 gektar oʻrmon fondi yerlari noqonuniy egallanishi oqibatida hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi aniqlangan.

Ushbu holatlarni oldini olish maqsadida Kodeksning 92-moddasiga ham javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritildi.

Shu bilan birga, hozirgi kun amaliyotida portlash qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa yalpi qirib yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qoʻllagan holda gʻayriqonuniy ov qilish va baliq tutish koʻplab sodir etilmoqda. Ushbu ijtimoiy xavfli qilmish uchun Maʼmuriy javobgarlik kodeksida jazo choralari belgilanmagan.

Oqibatda, yaqinda sodir boʻlgan bir misolga eʼtibor qarating. Aniqlangan huquqbuzarliklar natijasida 2017 yilda Oʻzbekiston va Xalqaro qizil kitobga kiritilgan 1 bosh Qoʻngʻir ayiqni noqonuniy ushlab sirtmoqqa olish natijasida uni nobud qilib, hayvonot dunyosiga 20 273,0 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.

Shu sababli ov qilish va baliq tutishda brakonyerlik qurollarini, shuningdek yalpi nobud qilish qurilmalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, olib oʻtish yoki oʻtkazish, sotib olish yoxud sotish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni tartibga solish mavjud emasligi sababli Maʼmuriy javobgarlik kodeksi ushbu munosabatlarni tartibga solish uchun ikki qismdan iborat 901-modda bilan toʻldirildi.

Qizgʻin savol javoblardan soʻng qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?