Nega hozirgi kun Oʻzbekistonda chakana savdo sohasiga investitsiya kiritishning ayni vaqti? Buning sababi raqobat yoʻqligidami? – ekspert fikri

16:50 02 Dekabr 2019 Jamiyat
71 0

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti(FAO) investitsiya departamenti iqtisodchisi Andrey Yarmakning fikricha, Oʻzbekistonda chakana savdo biznesi jozibadorligi boʻyicha prognozlar yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi.

U ayni paytda FAO hamda YETTBning Oʻzbekiston, Tojikiston, Gruziya va Moldovada meva-sabzavot savdosi samaradorligini oshirish boʻyicha mintaqaviy loyihani boshqarib kelyapti.

Ushbu ekspertning izoh berishicha, korzinka.uz YETTBdan 40 mln. dollar sarmoya jalb qilmoqda. Mablagʻlar 2025-yilgacha mazkur supermarketning mavjud 50 ta tarmogʻini 140 tagacha yetkazishga yoʻnaltiriladi.

Oktyabr oyi oxirida super- va gipermarketlarning Carrefour xalqaro brendi ham Toshkentda oʻz faoliyatini boshlayotgani maʼlum boʻlgandi. Bu haqdagi bitim Majid Al Futtaim(BAA, Dubay) va Akfa Group oʻrtasida imzolangan.

Shu boʻyicha birinchi bosqichda yettita doʻkon, jumladan, 2020-yilgacha uchta supermarket va bitta gipermarket, 2021-yilgacha ikkita supermarket va yana bitta gipermarket ochiladi. Ular Akfa Group savdo belgisiga tegishli boʻlgan umumiy maydoni 17,4 ming metr kvadratga teng obyektlarga joylashtiriladi.

“Oʻzbekiston qariyb 33 mln.lik potensial isteʼmolchilar, yaxshi demografiyaga ega, iqtisodiyoti oʻsyapti va uni yanada liberallashtirish jarayonlari ketmoqda, shuningdek, urbanizatsiya surʼatlari ham tezlashyapti, bu ham muhim. Oʻz navbatida bozorda deyarli raqobat yoʻq. Yaʼni hozir chakana savdo tarmoqlarini rivojlantirish loyihalariga investitsiya kiritishning ayni vaqti. Shuning uchun chakana savdoning xalqaro operatorlari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari yaqin oylar ichida ushbu mamlakatdagi yangi loyihalar haqida eʼlon qilib qolishining ehtimoli bor”, - deya taxmin qilyapti A.Yarmak.

Noyabr oyi oʻrtalarida Makro supermarketlar tarmogʻi boshqaruvchisi Roman Sayfullin qonunchilik va soliq solishdagi oʻzgarishlarga muvofiq ochiq bozorlardagi anʼanaviy savdoning katta qismi tashkillashtirilgan savdoga “oqib” oʻtishi boʻyicha fikr bildirgandi. Uning bu oʻz navbatida mijozning mahsulot sifatiga boʻlgan ishonchini yanada oshirishga olib kelishiga ishonchi komil.

“Bugungi kunda yirik shaharlar va qaynoq megapolislardagi birinchi raqamli trend bu — onlayn-savdo hamda yetkazib berish jarayoniga oʻtishdir. Onlayn xarid — bu ham yetkazib berish, ham doʻkonda tayyor qadoqlangan buyurtmani oʻzi olib kelish hisoblanadi. Ikkinchi trend esa maksimal aylanma hosil qilgan Convenience Store, yaʼni uy yaqinidagi qulay doʻkonlar hisoblanadi. Bunday doʻkonlar qaynoq trafikka ega yoʻllar boʻyidagi aholisi milliondan oshadigan shaharlar uchraydi. Ularga piyoda borib birlamchi ehtiyoj uchun savdolarni amalga oshirish mumkin”, - deydi Sayfulin.

Uning aytishicha, bugungi kunda Oʻzbekiston bozori zamonaviy chakana trendlari bilan yetarli darajada “toʻyintirilmagan”, shuning uchun uning taraqqiyoti hozircha koʻp vektorlidir: katta gipermarketlar(lekin ularni assortiment bilan toʻldirish muammosi mavjud)dan tortib klassik supermarket va qulay doʻkonlargacha.

“Albatta, bizda professional onlayn-operatorlar kirib kelishi kutilyapti. 2020-yildan boshlab Makro ham mijozlar uchun oʻzining onlayn-maydonini taqdim etadi”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Andrey Yarmak esa sohaga sarmoya kiritish birinchi navbatda mamlakat meva-sabzavot tarmogʻi va umuman sarxil sabzavotlar, mevalar, reza mevalar va yongʻoqlar eksporti foydasiga xizmat qiladi.

“Xalqaro supermarketlar tarmogʻining Oʻzbekiston bozoriga kirishi ushbu mamlakatning dunyo sabzavotlar, mevalar, reza mevalar bozoridagi pozitsiyasini yaxshilashga yordam beradi. Zero, xalqaro tarmoqlar mahsulotlarning xalqaro sifat standartlarini ham oʻzi bilan olib keladi. Bu barcha texnologik zanjir jarayonlarini modernizatsiya qilishni tezlashtiradi. Pirovardida bu xuddi Polsha, Ukraina va Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi kabi sarxil meva-sabzavot mahsulotlari eksporti imkoniyatlariga ijobiy taʼsir qiladi”, - deydi A.Yarmak.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?