Navoiylik fuqaro nosoz televizorning pulini qaytarib oldi

18:18 10 Iyul 2018 Jamiyat
791 0
Foto: dns-shop.ru

Joriy yilning 26 iyun kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi “Ishonch telefoni”ga Navoiy viloyati Karmana tumani “Yangi ariq” MFY, “Yangi ariq” ko‘chasi 451-uyda yashovchi fuqaro Farhod Baratov tomonidan murojaat kelib tushgan.

Fuqaro murojaatida 2018 yil 13 iyun kuni Toshkent shahar Abu Saxiy bozoridagi R-blok 82-savdo do‘konidan 3000 000 so‘mga, bir yil kafolat muddati bilan “Pilips” rusumli televizor xarid qilganligi ammo televizor kafolat muddati ichida nosoz holga kelib qolganligidan noroziligini bildirib, ushbu muammoni bartaraf etishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot, axborot, jamoatchilik bilan ishlash va xorijiy aloqalar bo‘limi tomonidan ma’lum qilinishicha, murojaat atroflicha o‘rganib chiqish uchun jamiyat mutaxassislari Toshkent shahar Abu Saxiy bozori ma’muriyati bilan bog‘langan.

O‘rganishlar davomida do‘kon sotuvchisiga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ng u fuqaro F. Baratovga televizor uchun to‘lagan 3 000 000 so‘m mablag‘ni qaytarib bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?