Navoiyda uzum sayli oʻtkazilmoqda

11:05 26 Avgust 2019 Jamiyat
826 0

Navoiyda oʻtkazilayotgan “Uzum sayli”da viloyatda uzumchilikka ixtisoslashgan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari oʻz mahsulotlari koʻrgazmalarini namoyish etishmoqda.

Mazkur tadbir bahona pavilyonlarda dehqon va fermerlarning arzonlashtirilgan narxlarda goʻsht, sut mahsulotlari va qovun-tarvuz savdosi ham tashkil etilgan.

Yoshi ulugʻ keksalar, mehnat faxriylari uchun soʻlim soʻrilar tashkil etilib, bir piyola choy atrofida mazkur qadriyatning ahamiyati, bugun dorilomon kunlar qadri xususida suhbat qurilmoqda.

Viloyatda uzumchilik oʻz maktabi, koʻp asrlik tajriba va mahoratiga ega. Ayniqsa, Oqtovning oftobroʻy va terskay etaklaridagi oʻnlab qishloqlarda lalmikor uzumchilik dunyoga dovruq solgan.

Xatirchining Uchqora, Nurotaning Jarma qishloqlarida yetishtirilgan qora kishmishi va undan tayyorlangan mayiz bugun mamlakatimiz miqyosida xaridorgir brendga aylangan.

Shuningdek, Qiziltepa, Navbahor va Karmana tokzorlarida yetishtirilgan husayni, toifi va yana oʻnlab navlardagi uzumlar ona zamin saxovati va bobo dehqon zahmatining moʻjizasidir.

Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?