Navoiyda terimchilar qurol bilan qoʻrqitib paxta terdirildimi? — IIB vaziyatni oʻrgandi

19:55 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
310 0

Bugungi kunimizni internetsiz tasavvur etishimiz mushkul. Chunki kundalik axborotga boʻlgan ehtiyojimiz aynan mazkur manba hisobiga amalga oshiriladi. Ammo internet tarmoqlarida shov-shuv koʻtarishni maqsad qilgan ayrim fuqarolarning yolgʻon axborot tarqatishi ming afsuski, soʻngi kunlarda koʻpayib bormoqda. Joriy yilning 17-oktyabrida “Navoiy kanal” telegram kanali orqali Qiziltepa tumanidagi paxta dala maydonida sifatsiz xira tushirilgan fotosurat paydo boʻldi. Undagi izohlarga koʻra fermer xoʻjaligi rahbari fuqarolarni qoʻrqitib, paxta terishga majburlamoqda, - deya qurolga oʻxshash predmetni ushlab turgan shaxs aks etgan. Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish xodimlari tomonidan zudlik bilan maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Unda aniqlanishicha, 2020-yilning 10-oktyabr kuni soat taxminan 14:40lar atrofida 36-sonli maktab-internatining ishchi xodimlari Qiziltepa tuman “Malikobod” MFYda joylashgan, “Durbek-2002” fermer xoʻjaligida paxta yigʻim-terimiga chiqishgan vaqtida, ushbu fermer xoʻjaligi ishchisi Y.G terimchilarga oldin terilgan paxtalarning ichidan chiqindi chiqqanligini, shu sababli paxtani toza terishini aytib, ushbu oʻqituvchilar bilan tortishgan vaqtida 36-sonli maktab-internatining oʻqituvchisi R.Q “Durbek 2002” fermer xoʻjaligi ishchisi Y.G  qoʻlida turgan temir tarozisi bilan birgalikda suratga olib, ushbu holatni “maktab-internat tarbiyachilarini fermer qurol oʻqtalib majburlab paxta terdirmoqda” deya ijtimoiy tarmoqning tyelegram mesenjeri orqali “Navoiy kanaliga” chiqarganligi holati aniqlanib, mazkur holat tuman IIBning Sh-2 kitobiga qayd etildi. Aslida fermerning ishchisi qoʻlida tarozi borligi keyin oydinlashdi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan qoʻshimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

"Shuningdek, holatga taalluqli yana bir maʼlumotni keltirib oʻtmoqchimiz. 10-oktyabr kuni haftaning shanba kuni boʻlgan, paxta terimiga borgan tarbiyachilar oʻz xohishlariga binoan chiqqanliklarini alohida aytib oʻtishdi" deyiladi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?