Navoiyda TATU filiali tashkil etiladi

13:57 03 Iyun 2019 Jamiyat
309 0

Arxiv foto

Navoiy viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filialini tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, yana 4-5ta xorij OTM filiallarini ochish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Bunday jozibadorlik va shiddatga Respublikamiz Prezidentining joriy yil 15-mayidagi “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni turtki berdi.

Shuningdek, oʻtgan qisqa fursatda viloyat hokimi tomonidan Germaniya va Eron hamda hamdoʻstlik davlatlarining bir qator tadbirkorlari qabul qilinib, viloyatning Qiziltepa, Xatirchi va Uchquduq tumanlarida investitsiya kiritgan holda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish kelishuvlarga erishildi.

Respublika Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan Media-rejaga asosan, Navoiy viloyati hokimligi hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi maʼmuriyati hamkorligida oʻtkazilgan brifingda yuqoridagi maʼlumotlar hamda viloyat investitsion hayotidagi boshqa yangiliklar jurnalistlar eʼtiboriga havola etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?