Navoiyda suv tanqisligini bartaraf etish uchun 15 million AQSH dollaridan ziyod mablag‘ sarflandi

19:14 30 Iyul 2018 Iqtisodiyot
265 0
Foto: “Xalq so‘zi”.

Qiziltepa tumanida “Navoiy” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasi doirasida rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi. Fransiya davlati kredit mablag‘i ishtirokida amalga oshirilayotgan 15 million 42 ming AQSH dollarilik mazkur loyiha asosida6 ta agregat ishga tushirildi.

Natijada Qiziltepa va Karmana tumanlarining Malikcho‘l massividagi 18 ming 100 gektar maydonida suv ta’minotidagi uzilishlarga barham beriladigan bo‘ldi.

Tumanda “Navoiy” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasi doirasida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Mazkur loyihaning to‘liq yakunlanishi suv ta’minoti uzluksizligini ta’minlashi bilan birga energiya tejamkorligini ham taqdim etadi. Shuningdek, joriy yil nihoyasiga qadar yana 6 ta nasos agregati ishga tushirilib, jami 18 kishining doimiy bandligi ta’minlanadi.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?