Navoiyda sodir boʻlgan YTH natijasida 7 kishi halok boʻldi

13:45 10 Oktyabr 2018 Jamiyat
418 0

10 oktyabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida mudhish yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu kuni soat 01:20larda Karmana tumani hududidan oʻtuvchi M-37 “Qiziltepa-Karmana” avtomobil yoʻlining 188-km.da harakatlanib ketayotgan “Neksiya-2” rusumli avtomobil boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “SHAANXI SX” rusumli yuk mashinasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.

YTH natijasida 7 nafar fuqaro voqea joyida halok boʻlgan.

Halok boʻlgan fuqarolar:

1. Gʻafur Raxmatov, 1985 y.t. (“Neksiya” avtomobili haydovchisi).

2. Intizor Joʻrayeva, 1986 y.t. (“Neksiya” avtomobili yoʻlovchisi).

3. Zarnigor Joʻrayeva, 1991 y.t. (“Neksiya” avtomobili yoʻlovchisi).

4. Fayoz Shaxriyorov, 1987 y.t. (“Neksiya” avtomobili yoʻlovchisi).

5. Asadbek Gʻulomov, 2010 y.t. (“Neksiya” avtomobili yoʻlovchisi).

6. Shoxrux Gʻulomov, 2013 y.t. (“Neksiya” avtomobili yoʻlovchisi).

7. Firdavs Sobirov, 2016 y.t. (“Neksiya” avtomobili yoʻlovchisi).

Sodir boʻlgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?