Navoiyda shifokorlar, imom-xatiblar, mahalla oqsoqollari va oʻqituvchilar jinoyatchilik, yoʻllardagi huquqbuzarliklar oldini olish boʻyicha tushuntirishlar bermoqda

10:56 13 May 2019 Jamiyat
375 0

Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan yangicha koʻrinishdagi targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB boshligʻi oʻrinbosari Vali Ashurov xabar bermoqda.

Yoʻl harakati ishtirokchilari- piyoda, yoʻlovchi va haydovchilarning diqqatini jalb qilish, shu orqali yanada yuqori samaradorlikka erishish maqsadida bir nechta jamoat tashkilotlari hamkorlikka jalb etildi.

Natijada endilikda faqatgina YHXB xodimlarigina emas, balki shifokorlar, viloyat imom-xatiblari, IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish xizmati xodimlari, mahalla oqsoqollari va oʻqituvchilardan tashkil topgan targʻibot guruhlari aholi oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, yoʻllardagi huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari xususida keng koʻlamdagi tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Tadbirlar yoʻlovchi tashish va aholiga transport xizmat koʻrsatuvchi uyushmalar, avtoturargohlar, bozor va yirik savdo majmualari kabi gavjum nuqtalar, mahalla, korxona va tashkilotlar, maktab hamda maktabgacha taʼlim muassasalarida tashkil etilmoqda.

YTHlarining oldini olish maqsadida tashkil etilayotgan shu kabi tadbirlar natijasida oʻtgan yilning toʻrt oyi bilan taqqoslaganda YTHlari 38.6 foizga kamayishiga erishildi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?