Navoiyda Senator 50 000 dona himoya niqobini bepul tarqatdi (Foto)

17:51 20 Mart 2020 Jamiyat
528 0

“Xalq so`zi ONLINE”

“Xalq soʻzi ONLINE”. Temur Eshboyev/Navoiy. Oliy Majlisi Senati aʼzosi Ulugʻbek Fayziyev Navoiy viloyatidagi “Zarafshan Golden Group” kompaniyasi taʼsischisi hisoblanadi.

Mazkur kompaniya tarkibiga turli ishlab chiqarish korxonalari birlashgan boʻlib, shulardan biri Qiziltepa tumanidagi “Toshrabottekstil” korxonasi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Taʼsischi qaroriga koʻra korxona jamoasi tomonidan 50 ming dona infeksiyadan himoyalash niqoblari tayyorlanib, Navoiy shahrida bepul tarqatildi.

“Xalq so`zi ONLINE”

— Koronavirus tufayli bugun insoniyatning mehr-oqibati sinovdan oʻtkazilmoqda, — deydi U. Fayziyev. — Shu maʼnoda Prezidentimizning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni oʻzida insonparvarlik tamoyillarini jamlaganligi bilan barchaga daʼvat hamdir. Yaʼni infeksiya tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish faqatgina davlat idoralarining vazifasi deb qarab turmasdan qoʻlidan kelgan moddiy, boshqalar targʻibot va tushuntirish ishlari bilan uni bartaraf etishga koʻmaklashishi lozim. Zotan, loqaydlik har qanday noxushlikning yashab qolishiga sharoit yaratadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?