Navoiyda Qorakoʻl maktab internati tashkil etildi

10:39 15 Yanvar 2020 Jamiyat
2612 0

Navoiy viloyati hokimi direktorning shartiga rozi boʻldi va natijada Navoiy shahrida ham Buxoro viloyatining Xalqaro matematika faniga ixtisoslashtirilgan “Qorakoʻl maktabi” bilan hamkorlikda Navoiy-Qorakoʻl maktab internatiga asos solindi.

Maktabda matematika, fizika va ingliz tili darslari chuqurlashtirilgan holda oʻtiladi. Bugun ushbu taʼlim dargohining taqdimot marosimi tantanalari oʻtkazildi.

Darvoqe, viloyat hokimiga qoʻyilgan shartga kelsak, uni “Qorakoʻl maktabi” direktori Temur Roʻziyev qoʻyib, oʻquvchilar va mutaxassis ustoz kadrlarni tanlashda chetdan aralashuvga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlashdan iborat edi.

Shu asosda oʻtgan yilning yozida Navoiy-Qorakoʻl maktab internatining 7 – 10 sinflariga 240 nafar oʻquvchi tanlab olindi. Internat 500 oʻringa moʻljallangan boʻlib, u Navoiy shahridagi sobiq Texnika kasb-hunar kolleji binosida oʻz faoliyatini boshladi. Bino tubdan taʼmirlanib, eng zamonaviy oʻquv va kompyuter jihozlari bilan taʼminlandi.

Temur ESHBOYEV,

(“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?