Navoiyda inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻ talon-toroj qilindi

14:30 30 May 2020 Jamiyat
236 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida Moliya vazirligining Navoiy viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga ajratilgan pul mablagʻlarini maqsadli sarflanishi oʻrganilganda, juda koʻp miqdordagi byudjet mablagʻlarini rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish holati aniqlangan.

Xususan, Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, jamgʻarma tomonidan ajratilgan 5 mlrd soʻm mablagʻlarning bir qismini talon-toroj qilish maqsadida, “T.” va “I-P.” MCHJdan kimyoviy dizenfeksiya vositalari hamda infeksiyaga qarshi tibbiy himoya vositalarini qimmat narxlarda xarid qilishib, jami 222,3 mln soʻmni rastrata qilish yoʻli talon-toroj qilib, davlat byudjetiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari, “T.” va “I-P.” MCHJ rahbarlari
va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?