Navoiyda innovatsiya sohasida xalqaro konferensiya boshlandi

13:20 27 Noyabr 2019 Jamiyat
139 0

Navoiyda “Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirish: yutuqlar, muammolar va istiqbollar” mavzuidagi II Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya oʻz ishini boshladi.

Mazkur anjumanga mamlakatimiz Prezidenti tomonidan asos solinib, u anʼanaviylik kasb etmoqda.

Konferensiyaning joriy yilgisida Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Koreya Respublikasi, Belarus, Qozogʻiston kabi oʻndan ortiq mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, OTMlarining taniqli olimlari hamda xorijiy kompaniyalarning vakillari ishtirok etishmoqda.

Anjuman doirasida geologiya, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, kimyoviy texnologiyalar, mashinasozlik, energetika, muqobil energiya manbalari va istiqbollari, qishloq xoʻjaligi, ekologiya kabi tarmoq va sohalar faoliyatiga bagʻishlangan 200dan ortiq ilmiy maʼruzalar tinglanib, muhokama etiladi.

Konferensiyaning ochilish marosimi va dastlabki yalpi yigʻilishida ishtirokchilarni viloyat hokimi K. Tursunov tabriklab, anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan soʻng NKMK Bosh direktori, NDKI rektori Q. Sanaqulovning “Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirish: yutuqlar, muammolar va istiqbollar” mavzuidagi maʼruzasi tinglandi.

Konferensiya 29-noyabr kuni oʻz ishini yakunlaydi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?